Jahon | 07:21 / 14.06.2022
15570
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya urushning 100 kunida neft va gaz sotib 98 milliard dollar ishlagan

Rossiya Ukrainaga qarshi urushning dastlabki 100 kunida neft va gaz savdosidan salkam 100 milliard dollar pul ishlagan. Bu haqda xalqaro Energetika va toza havoni o‘rganish markazi xabar bergan.

Foto: CREA

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya urushning dastlabki 100 kuni davomida neft va gaz mahsulotlari sotib 98 milliard dollar ishlagan. Bu kuniga deyarli 1 milliard dollar degani. Rossiya nefti va gazining asosiy xaridori Yevropa Ittifoqi davlatlari bo‘lgan. Rus eksportining 61 foizi aynan YeI davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Davlatlar miqyosida Yevropadan eng ko‘p Germaniya Rossiyadan import qilgan (12,1 milliard dollar). Italiyadan Rossiyaga urush vaqtida 7,8 milliard dollar o‘tkazilgan. Umuman olganda Rossiyadan urush vaqtida eng ko‘p (12,6 milliard dollar) Xitoy gaz va neft sotib olgan.

Ro‘yxatning yuqori qismida Niderlandiya, Turkiya, Polsha, Fransiya, Hindiston va Shimoliy Koreya bor. Oldinroq Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga qisman embargo e’lon qilgandi. Unga ko‘ra ittifoq davlatlari dengiz orqali rus neftini xarid qilishni to‘xtatadi. Vengriya, Chexiya va Slovakiya kabi dengizga chiqa olmaydigan davlatlar esa quvurlar orqali Rossiyadan neft olishda davom etadi.

Mavzuga oid