Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask va uning kompaniyalari kriptovaluta piramidasi tashkil etishda ayblanib sudga berildi
Da’vogar Kit Jonsonning ta’kidlashicha, Mask va uning kompaniyalari Dogecoin qiymatini oshirish uchun tovlamachilik sxemasini tuzgan.
Ilon Mask va uning Tesla Inc hamda Space Exploration Technologies Corp (SpaceX) kompaniyalariga nisbatan Dogecoin kriptovalutasini ilgari surgani uchun sudga 258 mlrd dollarlik da’vo arizasi berildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.
Da’vogar Kit Jonsonning ta’kidlashicha, Mask va uning kompaniyalari Dogecoin qiymatini oshirish uchun tovlamachilik sxemasini tuzgan.
"Javobgarlar Dogecoin kriptovalutasi oqilona investitsiya ekanligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot bergan, aslida u hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan", - deyiladi Manhetten federal sudiga berilgan da’vo arizasida.
"Javobgarlar tashkil etgan kritopiramida tufayli mablag‘idan ayrilgan"ini ta’kidlagan Jonson 2019 yildan buyon Dogecoin bois mablag‘ini yo‘qotgan boshqa odamlar ham unga qo‘shilishiga umid qilmoqda.
2013 yilda yaratilgan Dogecoin kriptovalutasining narxi 0,057 dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan yili uning qiymati 0,74 dollargacha ko‘tarilgandi.
Ilgari Mask Tesla va SpaceX mahsulotlarini Dogecoin kriptovalutasiga sotishini aytgandi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026