Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyadan Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazishdan voz kechishini so‘radi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 1 iyun kuni Suriya shimolida maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qilgandi.
Rossiya Turkiyaga Suriya shimolida maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishdan voz kechishini so‘rab murojaat qildi, deb ma’lum qildi Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev.
«Harbiy operatsiya hozirda mavjud barcha muammolarni hal qilmaydi va birinchi navbatda Turkiya milliy xavfsizligi muammosini to‘liq hal qilmaydi», — dedi u.
Lavrentevning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya milliy xavfsizligi masalasini chegarani Suriya hukumat qo‘shinlari to‘liq nazoratga olishi orqali yechish mumkin.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 1 iyun kuni Suriya shimolida maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qilgandi.
Uning izoh berishicha, maxsus operatsiya «AQSh va Rossiya chegara atrofida xavfsiz hudud tashkil etish bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarmaganligi» sababli o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026