Ukraina Qrimni endi harbiy yo‘l bilan qaytarib olmoqchi ekani ma’lum qilindi
24 fevraldan keyin Kiyevning Qrimni qaytarib olish bo‘yicha yondashuvi o‘zgargan: endilikda bunga harbiy yo‘l bilan erishish maqsad qilinmoqda. Bu haqda Ukraina prezidentining Qrim bo‘yicha vakili Tamila Tasheva ma’lum qildi.
“24 fevraldan keyin Qrim masalasi, hududlarni qaytarib olishga nisbatan yondashuvimiz o‘zgargan. Hozir biz har qanday holatda ham o‘z Qurolli Kuchlarimizga tayanishimiz kerakligini tushunamiz”, – degan Tashevaning “Ukraina 24” efiridagi so‘zlarini keltirmoqda The Insider.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yarimorolni Rossiyadan qaytarib olish bo‘yicha har qanday reja birinchi navbatda ukrain harbiylarining bu hududga kirishini ko‘zda tutadi.
Kiyevning pozitsiyasi – ukrain tomoni uchun hech qanday ultimatumlarsiz hududlarini qaytarish va 1991 yilgi chegaralarga qaytish, deya tushuntirdi Zelenskiyning vakili.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Oleksey Reznikov mamlakat “hamma hududlari, xususan Qrimni ham” ozod qilmoqchi ekanini aytgandi. “Biz bosqichma-bosqich harakat qilamiz”, degandi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqich Rossiyaga qarshi janglardagi yo‘qotishlarga barham berish uchun quruqlikdagi vaziyatni barqarorlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda Rossiya qo‘shinlarini 24 fevraldan oldingi pozitsiyalariga chekintirish maqsad qilingan.
Uchinchi bosqichga kelib esa Ukraina “hududlarini, xususan Qrimni qanday ozod qilish bo‘yicha” o‘z hamkorlari bilan muhokamalar o‘tkazadi, deya tushuntirgan Reznikov.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024