Reznikov: “Biz hamma hududlarimizni, xususan Qrimni ham ozod qilmoqchimiz”
AQShning qurollari Ukrainaga Rossiya bosqini ostidagi o‘z hududlarini, xususan Qrim va Donbassni ham ozod qilishga yordam beradi, deya ishonch bildirdi Ukraina mudofaa vaziri Oleksey Reznikov CNN'ga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Qrimni qaytarib olishga uch bosqichda erishishga umid qilmoqda.
“Biz barcha hududlarimizni, barchasini, xususan Qrimni ham ozod qilmoqchimiz”, dedi vazir Bryusselda kechgan suhbatda.
“Qrim Ukraina uchun strategik maqsad, chunki u – Ukrainaning bir qismi”, dedi Reznikov va qo‘shimcha qildi: “Biroq biz bosqichma-bosqich harakat qilamiz”.
Ukraina mudofaa vaziriga ko‘ra, birinchi bosqich Rossiyaga qarshi janglardagi yo‘qotishlarga barham berish uchun quruqlikdagi vaziyatni barqarorlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda Rossiya qo‘shinlarini 24 fevraldan oldingi pozitsiyalariga chekintirish maqsad qilingan.
Uchinchi bosqichga kelib esa Ukraina “hududlarini, xususan Qrimni qanday ozod qilish bo‘yicha” o‘z hamkorlari bilan muhokamalar o‘tkazadi, deya tushuntirdi Oleksey Reznikov.
Ukraina tomoni olinayotgan qurollar Rossiya hududiga hujum qilishda ishlatilmasligi, biroq Ukraina Qrimni Rossiya hududi deb hisoblamasligini ta’kidlamoqda.
Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarib olishga urinish yarimorolni o‘z tarkibiga qabul qilgan Rossiyani yanada g‘azablantirishi haqidagi savolga javoban, Reznikov buni “o‘z tarkibiga qabul qilish” deb bo‘lmasligini aytdi.
“Buning ahamiyati yo‘q. Chunki ular Xersonda ham, Zaporojyeda ham, Mariupolda ham buning guvohi bo‘lishadi. Bular – Ukraina hududlari, nima bo‘lishidan qat’i nazar Qrim ham Ukrainaniki”, dedi vazir.
Ma’lumot uchun, Belgiya poytaxti Bryusselda 50 ga yaqin davlat mudofaa vazirlarining “Ramshtayn formati”dagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mazkur sammitda Kiyev uchun “yaxshi yangiliklar” bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024