Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya may oyida Xitoyga rekord miqdorda neft sotdi
Rossiya 19 oylik tanaffusdan so‘ng Saudiya Arabistonini Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rindan tushirib yubordi.
Rossiya may oyida Xitoyga rekord miqdorda neft sotdi va bu mamlakatga neft yetkazib beruvchi eng yirik eksportyorga aylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda Xitoy Rossiyadan qariyb 8,42 mln tonna xom neft sotib olgan.
Bu esa, Rossiya may oyida Xitoyga kuniga 2 mln barrelga yaqin neft sotib olganini anglatadi. Natijada Rossiya 19 oylik tanaffusdan so‘ng Saudiya Arabistonini Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rindan tushirib yubordi.
Qayd etilishicha, Xitoy kompaniyalari neftni 30 foizgacha chegirma bilan sotib olmoqda.
Saudiya Arabistoni may oyida Xitoyga 7,82 mln tonna neft yetkazib bergan.
Avvalroq Rossiyadan Hindistonga neft yetkazib berish 31 baravarga oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026