Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga hamdardlik yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovind va bosh vaziri Narendra Modiga hamdardlik yo‘lladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, davlat rahbari Hindiston shimoli-sharqidagi hududlarda yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan.
Avvalroq Hindiston hukumati shimoli-sharqiy Assam va Megxalaya shtatlarida kuchli suv toshqinlari oqibatida 63 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan edi. Ungacha 31 kishi vafot etgani xabar qilingan. O‘nlab odamlarning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
4000 ga yaqin qishloq suv toshqinlari zonasida edi. 230 dan ortiq yo‘l suv ostida qolgan yoki ko‘chkilar tufayli to‘sib qo‘yilgan. Hukumat tomonidan 514 ta vaqtinchalik turar joy lagerlari tashkil etilgan. Ularga suv bosgan qishloqlardan 156 mingga yaqin odam ko‘chib kelgan. Hindiston hukumati tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarga yordam haqida va’da bermoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026