Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahatma Gandining nabirasi Hindiston prezidentligiga nomzodini ko‘rsatmasligini ma’lum qildi
Gopalkrishna Gandi 2017 yilda Hindiston vitse-prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan, ammo saylovda amaldagi vitse-prezident Venkaye Nayduga mag‘lub bo‘lgandi.
Mahatma Gandining nabirasi, G‘arbiy Bengaliya shtatining sobiq gubernatori Gopalkrishna Gandi muxolifatning Hindiston prezidentligiga saylovlarda nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi.
"Muxolifatning qator hurmatli yetakchilari mening nomzodimni bo‘lajak prezidentlik saylovida ilgari surish taklifi bilan chiqishdi. Ularga minnatdorlik bildiraman. Ammo masalani chuqur o‘rganib chiqib, muxolifat nomzodi milliy konsensus va milliy muhit yarata oladigan shaxs bo‘lishi kerak degan fikrga keldim. Buni mendan ko‘ra yaxshiroq amalga oshira oladiganlar topilishini sezyapman. Shuning uchun yetakchilardan ana shunday insonga imkoniyat berishlarini so‘radim", - deyiladi Gandining bayonotida.
Gopalkrishna Gandi 2017 yilda Hindiston vitse-prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan, ammo saylovda amaldagi vitse-prezident Venkaye Nayduga mag‘lub bo‘lgandi.
Hindistonda prezidentlik saylovi 18 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026