Jahon | 22:44 / 22.06.2022
18041
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya valuta qarzini rublda to‘lash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 

Farmonda ko‘rsatilishicha, to‘lovni qabul qiluvchilarning fikridan qat’i nazar, tashqi qarzni rublda to‘lash to‘lov majburiyatining bajarilishi deb hisoblanadi.

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning valutadagi qarzlarini to‘lash majburiyatini rublda bajarishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, to‘lov rublda amalga oshirilganidan so‘ng to‘lovni oluvchilarning fikridan qat’i nazar, Rossiyaning davlat yevroobligatsiyalari bo‘yicha majburiyatlari bajarilgan hisoblanadi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilganidan so‘ng mamlakat davlat qarzini valutada to‘lashda muammolarga duch keldi. 

Rossiya markaziy bankining Yevropa va AQShdagi rezervlari muzlatib qo‘yildi, g‘arblik investorlarga Rossiya moliya vazirligi, markaziy banki yoki milliy farovonlik fondi bilan operatsiyalarni amalga oshirishi taqiqlandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid