Töqayev Putinning oldida Rossiya pozitsiyasiga zid gapirdi. Bu qat’iyatmi yoki rejalaştirilgan çiqiş?
|16:56 / 23.06.202278 50215 min
Putin va Töqayev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida. 2022 yil 17 iyun/TASSPutin va Töqayev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida. 2022 yil 17 iyun/TASS
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida ötgan iqtisodiy forumdagi çiqişi bilan köpçilikning hayratiga sabab böldi.
Yanvar voqealaridan keyin Rossiyaga yanada boğliq bölib qolişi taxmin qilingan Qozoğiston yetakçisi Putinning köz oldida «DXR» va «LXR»ni tan olmasligini aytdi. Töqayev ularni kvazi-davlatlar deb atadi. Rossiya Ukrainaga göyoki aynan şu özini mustaqil respublika deb e’lon qilgan «davlatlar»ga yordam beriş uçun kirganini ma’lum qilgan.
Töqayev nima degandi?
Uruş boşlangaç dunyodagi yirik kompaniyalar asta-sekin Rossiyadan çiqib keta boşladi. Peterburgda ötgan iqtisodiy forumda ham yirik investorlar va dunyo rahbarlarini uçratiş qiyin edi. Davlat rahbarlaridan faqat Qosim-Jömart Töqayev sahnada Putinga hamrohlik qildi. Forumning asosiy qismi Putinning çiqişi deb belgilangandi. Bu asosiy qismga moderator etib esa Rossiyaning boş propagandaçilaridan biri bölmiş Margarita Simonyan tayinlangandi.
9 may arafasida harbiy parad ötkazilmasligi aytilgaç, Qozoğistonga tahdid qilib gapirgan şoumen Tigran Keosayanning turmuş örtoği bölmiş Margarita Simonyan Töqayevdan Rossiyaning Ukrainada amalga oşirayotgan «maxsus harbiy amaliyoti»ga (Rossiyada hamon Ukrainadagi uruşni uruş deb ataş taqiqlangan) qanday qaraşi, bu borada qozoğistonliklarning fikri qanday ekanini söradi.
Töqayev esa şunday javob berdi: «Oçiq aytaman, Qozoğistonda bu borada (uruş haqida) har xil fikrlar bor. Jamiyatimiz oçiq, bizda fuqarolik jamiyati yetilgani yaqqol közga taşlanmoqda. Şuning uçun har xil fikrlar bildirilyapti.
Men şuni aytişni istardimki, zamonaviy xalqaro huquq bu – BMT Nizomidir. Nizomdagi asosiy prinsiplardan ikkitasi hozirda bir-biriga qarama-qarşi bölib qolgan. Bu – davlatlarning hududiy yaxlitligi va millatlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqi. BMTning barça asosçilari öz vaqtida bunga e’tibor qaratmagan körinadi. Balki atayin qilişgandir, bu ikkita prinsip hozirda bir-birini inkor qilmoqda. Fikrlar har xil. Ayrimlar davlatlarning hududiy yaxlitligi muqaddas tuşunça deb hisoblaydi, boşqalar esa u yoki bu davlat tarkibidagi millatlar öz davlatiga ega böliş va ajralib çiqiş huquqiga ega deydi.
Mavzuga oid
Lekin, umuman olganda, agar millatlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqi butun Yer şarida amalda işlasa, hozir BMT tarkibiga kiruvçi 193ta davlat örnida 500 yoki 600tadan köp davlat paydo böladi. Albatta, bu xaosni keltirib çiqaradi.
Şu sababli ham biz na Tayvanni, na Kosovoni, na Janubiy Osetiyani va na Abxaziyani tan olamiz. Şu prinsip, bizning fikrimizça, Lugansk va Donetsk kabi kvazi-davlat hududlariga ham taalluqlidir. Bu – sizning oçiqçasiga bergan savolingizga oçiqçasiga javob», dedi Qozoğiston yetakçisi.
22 fevral kuni, Rossiya Ukrainaga bostirib kirişidan ikki kun avval Putin «DXR» va «LXR»ning mustaqilligini tan olişini e’lon qilgandi. 24 fevral tongida esa Putin Rossiya uşbu ikki «respublika»larga yordam beriş uçun Ukrainada «maxsus harbiy amaliyot» boşlanganini aytdi. Bu amalda uruş boşlangani e’lon qilinişi edi. Şu sabab Rossiya uçun «DXR» va «LXR» strategik masala hisoblanadi.
Şu vaqtgaça Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarşi ekani haqida köpçilik gapirdi, minglab sanksiyalar aynan şu norozilikning nişonasi ölaroq joriy qilinmoqda, lekin hali heç kim Putinning köz oldida uruş boşlanişining asl sababi bölmiş «DXR» va «LXR»ni tan olmasligi haqida gapirmagandi. Makron Putin bilan 100 soat telefonda gaplaşgani bilan maqtanib yuribdi, lekin Fransiya prezidenti ham unga bu haqda gapirgan-gapirmagani aniq emas.
Bir söz bilan aytganda, Töqayev dunyo siyosatçilari orasida birinçi bölib Putinning köz oldida uning pozitsiyasiga qarşi gapirdi.
Bu gapdan köp ötmay Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov yanvar voqealari vaqtida suverenitetini yöqotiş arafasidagi Qozoğistonga aynan Rossiya yordam berganini eslatdi. Töqayev esa Rossiyaning boş davlat telekanali «Rossiya-24»ga intervyu berib, bu iddaoga ham javob qaytardi: «30 yillik mavjudlik tarixida KXŞT ilk marta amalda harakat qildi. Ta’kidlayman, Rossiya emas, KXŞT. Biz ham taşkilotning faol iştirokçilaridan birimiz», dedi Töqayev.
Töqayevning bu qat’iyatli çiqişi nimadan dalolat? Uning gaplari Qozoğiston uçun muammolar tuğdirişi mumkinmi? «Meduza» bilan suhbatda qozoğistonlik şarqşunos Temur Umarov şu savollarga javob berdi.
«Töqayevning sözlari emas, u gapirgan maydon meni ajablantirdi»
Umarovning aytişiça, Qozoğiston prezidentining sözlaridan ajablanmagan, ammo u bu gaplarni Putinning oldida gapirganidan hayron qolgan: «Töqayev gapirgan gapning özini oladigan bölsak, u meni ajablantirgani yöq, çunki Qozoğistonning bu boradagi pozitsiyasi avvaldan ma’lum edi. Ya’ni, oçiq aytilmagan bölsa-da, Qozoğiston Ukrainaga qarşi uruşda Rossiyani qöllamasligi ma’lum bölgandi. Lekin bu gap aytiş uçun tanlangan maydon çindan meni ajablantirdi: Putinning ona yurtida, uning köz oldida...».
Şarqşunosning sözlariga köra, Töqayev Peterburg forumiga pragmatik işçi hamkor sifatida borgan va faqat iqtisodiyot haqida gapirgan, lekin siyosiy holat böyiça savol berişlariga ham tayyor bölgan: «Töqayev forumda yangi imkoniyatlar, hamkorlik haqida gapiriş asnosida muammolarga ham töxtaldi. Vaholanki, muammolar haqida forumda deyarli heç kim gapirmagandi. Töqayev muammolar borligi, ularni hal qiliş zarurligini aytdi. «DXR» va «LXR» haqida esa Töqayev Margarita Simonyanning savoliga javob beriş asnosida gapirdi. Ammo u Peterburgdagi forumga borar ekan, bu borada söraşlarini bilgan, çunki Simonyan Qozoğiston manziliga nimalar deganidan, uning eri (Tigran Keosoyan) yaqinda Qozoğiston Ukraina taqdirini takrorlaşi mumkinligi haqida gapirib, amalda tahdid qilganidan xabardor bölgan», dedi Umarov.
Peterburg forumida Töqayev unga savol bergan Margarita Simonyanga qarata yana bir mulohazani bildirdi. U ba’zi rossiyalik deputatlar, jurnalistlar va madaniyat arboblari Qozoğiston haqida noörin sözlar aytayotganini ta’kidladi. «Balki örni emasdir, ammo bu minbardan foydalanib ba’zi rossiyalik deputatlarning Qozoğiston manziliga aytayotgan gaplari, rossiyalik jurnalist va madaniyat arboblarining notöğri sözlariga e’tiroz bildirmoqçiman. Biz Rossiya bilan har qanday muammoni özaro hal qila olamiz», degan Töqayev.
Qozoğiston prezidentining bu sözlariga munosabat bildirgan Putin çindan Rossiya va Qozoğiston har qanday masalani özaro hal qila oladigan darajada yaqin ittifoqçi ekanini tasdiqladi.
«Töqayev Simonyanning öziga gapiriş orqali uşbu masalaga nuqta qöydi deyiş ham mumkin», dedi ekspert.
«Meduza» muxbiri Temur Umarovdan Qozoğiston şimolidagi holat çindan xavotirlimi yoki yöqmi deb söragan. Ekspert bu savolning javobi 24 fevralgaça boşqaça bölgani, hozir boşqaça ekanini aytgan.
«Bu savolingizga 24 fevralgaça yöq, bunga heç kim jiddiy qaramayapti, Rossiya bunçalikka bormaydi, deb javob berardim. Ammo 24 fevral voqealaridan keyin bu borada aniq javob bera olmayman. Oxirgi vaqtlarda Rossiya köplab xalqaro hujjatlardan çiqib ketyapti. Ukraina masalasida ham bu körindi. Buni esa şimoli Rossiya bilan çegaradoş bölgan va u yerda rus millatiga mansub köplab fuqarolari yaşayotgan Qozoğiston ham körib turibdi.
Bu voqealar fonida esa Rossiyada ön yillardan buyon sobiq ittifoq davlatlariga «yerlar sovğa qilib yuborilgani» haqida gapiradigan millatçi kayfiyatdagi guruhlar paydo bölgan. Avval Rossiyaga ortiqça hudud, ortiqça muammo nima kerak, degan tuşunça bor edi, hozir esa bundan argumentlar işonçli körinmaydi», degan şarqşunos.
Ekspertning fikriça, Qozoğiston faqat köp qirrali siyosat olib borayotgani, Ğarb bilan yaqin munosabatda ekani uçungina Töqayev bunday gaplarni aytgan deb bölmaydi. «Qozoğiston har qanaqasiga Belarusdan keyin Rossiyaning asosiy ittifoqçisi hisoblanadi. Aytaylik, Rossiya taşkil etgan har qanday birlaşmaga qarasangiz, Qozoğistonni körasiz. Masalan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi. Özi bu taşkilot Nazarboyevning taşabbusi bilan tuzilgandi.
Qozoğistonda rus tilini emas, qozoq tilini rivojlantiriş taşabbusi bilan çiqqan millatçi kayfiyatdagi çiqişlar ham bölgan, ammo umumiy olganda Qozoğistonda antirossiya kayfiyati yöq, bölmagan ham. Qozoğiston, aytaylik, NATOga kirişga harakat qilmagan yoki Rossiyada aytişni yoqtirişganidek Rossiyaga qarşi pozitsiyada turmagan. Çunki Qozoğiston juda katta umumiy çegaraga ega bölgani sabab Rossiya bilan ittifoqçi bölib qolişdan boşqa yöli yöq deb öylayman.
24 fevral kuni Qozoğiston şimolidagi vaziyat taranglaşgan bölişi mumkin, ammo tezda qaror qabul qiliş talab qilinadigan darajada vahimali holat bölgan deb öylamayman».
Dunyoda 24 fevral köp narsani özgartirib yuborgani haqida gapiriş odatga aylandi, lekin unutmaslik kerakki, Qozoğistonda yanvar ham tinç ötgani yöq. Janaözenda boşlangan namoyişlar butun mamlakat böylab tarqalib, ommaviy tartibsizlikka aylanib ketgandi. Oqibatda Nazarboyev amalda mamlakatga heç qanday ta’sir ötkaza olmaydigan holatga tuşib, barça rasmiy lavozimlaridan ozod etildi. Vaziyat boşqarib bölmas darajaga yaqinlaşgaç, Töqayev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti davlatlaridan yordam söradi. Rossiya boşçiligidagi KXŞT kuçlari esa tezda Qozoğistonga yetib bordi. Bu taşkilot harbiylarining ilk marta amaliy harakatga kirişişi edi. Ular qurol işlatmadi, faqat strategik obektlarni qöriqladi, ammo köpçilikda Qozoğistondagi töpolonni Rossiya boşçilik kuçlar tinçitdi, degan yangliş fikr paydo böldi.
Temur Umarov yanvar voqealari sabab Töqayev ortiq mustaqil emas, degan fikrga qöşilmasligini aytdi: «Ha, yanvar voqealaridan keyin Töqayev öz tuzumini Putin yordamida mustahkamlab oldi, endi u Rossiyadan qarz böldi va Moskva qaçondir qarzini söraydi, degan xulosa şakllandi. Ammo bu xulosada bir narsaga e’tibor berişmagan. Ya’ni, Rossiya Qozoğiston bilan juda katta töğridan töğri çegaraga ega. Bu çegara tuzuk qöriqlanmaydi ham. Endi tasavvur qiling, qöşni davlatda töpolonlar bölib, hukumat tepasiga köçadan çiqqan odamlar kelib qoliş xavfi yuzaga keldi. Bunday holatda Rossiya avvalo öz xavfsizligi uçun harakatga tuşdi, çunki qöşni davlat hududida taxmin qilib bölmaydigan voqealar sodir bölişidan köra, borib unga yordam bergan va yaxşi döst sifatida qoliş yaxşiroq.
Yana bir jihat: yanvar voqealaridan keyin köça tilida aytadigan bölsak, ha, Putin Töqayevga hukumatni saqlab qolişga yordam berdi, ammo diplomatik til bilan aytganda, Rossiya öşa voqealardan keyin heç qanday qöşimça riçaglarga ega bölmadi. Boşqaça aytganda, 2022 yil yanvar oyidan keyin Rossiya va Qozoğiston munosabatlarida avval bölmagan biror yangilik yuzaga kelmadi.
Şu örinda iqtisodiy jihatlarni ham unutmaslik kerak, Qozoğiston jahon iqtisodiyotining bir qismi va u bilan birgalikda rivojlanadi. Rossiya foydasiga qabul qilingan har qanday qaror esa sanksiyaga sabab bölişi mumkin. Bu koronavirus, yanvar voqealaridan keyin şundoğam qiyin kunlarni boşdan keçirayotgan Qozoğiston iqtisodiyotiga yanada salbiy ta’sir qilişi mumkin», degan Temur Umarov.
Qozoğistonlik ekspertning aytişiça, Ğarb Qozoğistondan Rossiya bilan hamkorlikni kamaytiriş talabini qöymaydi, Qozoğiston har qanaqasiga Rossiyaga boğliq davlatligini tuşunadi: «Menimça, Ğarb bunday ultimatum qöyişgaça bormaydi. Qozoğiston Rossiyaga boğliq bölgan davlat. Bu şunçaki aytiladigan odatiy gap emas. Oddiy misol, logistika masalasida Qozoğiston Rossiyaga boğliq, qozoq nefti Rossiya orqali sotiladi. Neft ötkazuvçi quvurlar sobiq ittifoq davrida qurilgan, ular ham Rossiya hududidan ötadi, Qozoğiston Rossiya orqali import mollarini olib keladi.
Qozoğiston Rossiya bilan aloqalarni uzib, öz iqtisodiyotini böğib qöya olmaydi. Aynan mana şu omillar sabab Qozoğiston rasmiy vakillarining Ğarbda noqulay ahvolga tuşib qolişlari ham bor gap. Ğarbda esa Qozoğiston qanday holatda ekani, Rossiya va Xitoy örtasida qolganini tuşunib turişibdi. Qozoğiston hozirça Rossiya sanksiyalardan qoçişi uçun qandaydir tizim işlab çiqsa, mana bu ğarbliklarning e’tiborini tortişi mumkin. Şunday bölsagina Qozoğistonga bunday qilmaslik böyiça ogohlantiriş kelişi mumkin».
Ekspertning aytişiça, har qança yoqimsiz bölmasin, uning pozitsiyasiga zid fikrlar bildirmasin, Rossiya uçun Qozoğistonning hozirgi köp vektorli siyosatda bölişi, mustaqil bölişi va öz navbatida ittifoqçi bölişda davom etişi muhim. Çunki hozir Qozoğistonga bosim ötkazib, Ğarbning mamlakatdan çiqib ketişini talab qilsa, butun boşli Qozoğistonning iqtisodiy holati uçun javobgarga aylanadi. Buni esa Rossiya öz iqtisodini eplaşga qiynalayotgan hozirgi vaqtda tasavvur qiliş qiyin. Ikkinçidan, Rossiya bunday qiliş orqali Qozoğiston Xitoy tomonga siljişiga ham sabab böladi.
«Meduza» jurnalisti ekspertga şunday murakkab savol bilan murojaat qilgan: «Töqayevning çiqişi, Nevskiy ordenini qabul qilmagani, keyinroq esa Ukrainadagi voqealar fonida dunyoda yadro qurolidan voz keçiş kerakligi haqidagi bayonot... Bularning hammasidan keyin bir narsani öylamay iloj yöq: bunday qat’iyatli Qozoğiston şakllanişini Rossiyaning özi xohlamayaptimikin? Ya’ni kerak bölgan vaqtda şu Qozoğiston orqali dunyo bilan munosabatlarni yaxşilaşni öylamayaptimikin?».
Umarov esa bunday fikrga qöşilmasligini aytgan. «Men har qanday turdagi farazlarni yoqtirmayman. Negadir Markaziy Osiyo davlatlarida nimadir sodir bölsa, albatta uni Kreml tomonidan çizib berilgan deb öylaşadi, menga esa bu yoqmaydi. Qozoğiston va Rossiya balki hozirgi holatdan kelib çiqqan holda til topişib ketgandir, lekin siz sanagan voqealar avvaldan tayyorlab qöyilib, keyinçalik bizning közimizga çiroyli qilib körsatilganga öxşamaydi», deb sözini yakunlagan ekspert.