Rossiya DXR va LXR suverenitetini tan oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaatida e’lon qildi.

RBKning yozişiça, Vladimir Putin, Denis Puşilin va Leonid Paseçnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oliş töğrisidagi hujjat hamda döstlik va özaro yordam töğrisidagi şartnomalarni imzoladi.

«Allaqaçon pişib-yetilgan qarorni qabul qiliş: zudlik bilan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan oliş zarur deb hisoblayman. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisidan bu qarorni qöllab-quvvatlaşini sörayman», — dedi u.

21 fevral kuni özini özi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olişni söragandi.