Qozoğiston hukumati boşqa davlatlarni, jumladan yadroviy derjavalarni 2045 yilgaça yadroviy qurollarni butunlay yöqotiş böyiça reja işlab çiqişga çaqirdi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Muxtor Tilovberdi Liter.kz gazetasi uçun maqolasida yozgan.
U dunyo hozirda inqirozli holatda ekani, yadro quroli qöllanişi xavfi oşgani, Ukrainadagi voqealar va özaro tahdidlar yadroviy kallaklarni taqiqlaş va yöq qilişga undayotganini aytgan.
«Ukraina hududidagi hozirgi harbiy mojaro, yadroviy qurolning qaytarilişi va yadroviy quroldan foydalaniş böyiça özaro tahdidlar haqida gapiriş bizni har qaçongidan ham köproq insoniyatning jamoaviy zaifligi hamda uşbu qirğinbarot qurollarni taqiqlaş va yöq qiliş zarurati haqida öylaşga majbur qiladi», — deya yozgan vazir.
Qozoğiston TIV rahbari Qozoğiston dunyoning barça mamlakatlarini BMTning yuz yillik yubileyiga qadar — 2045 yilgaça yadro qurolini bosqiçma-bosqiç töliq yöq qiliş böyiça reja işlab çiqişga çaqirişini aytgan. U yadro qurolini töliq yöq qiliş böyiça kelişuvlar 21-23 iyun kunlari Vena şahrida bölib ötadigan Yadro qurolini taqiqlaş töğrisidagi şartnomaning birinçi konferensiyasi yakuniy hujjatlarida yozilişi mumkinligini qayd etgan.
Muxtor Tilovberdi avvalroq BMT boş kotibi Antoniu Guterriş dunyo böylab 13 400 ga yaqin yadro kallaklari mavjudligi, bu yadro qurolini işlatiş ehtimolini «sovuq uruşning eng qora kunlaridagidan ham realroq» qilişini aytganini eslatgan.
- Ukrainadagi uruş vaqtida bir neça bor Rossiya yadro qurolini qöllaşi mumkinligi masalasi kötarildi. Fevral oyi oxirida, uruş boşlanişidan bir neça kun ötib Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tiyib turuvçi yadroviy kuçlarini «alohida muhim jangovar navbatçilik rejimi»ga ötkazişga buyruq berdi. Rossiya vakillari yadro quroli qöllaş niyatida emasliklarini aytib kelişadi.
- Iyun oyida Stokholm tinçlik muammolarini tadqiq qiliş xalqaro instituti (SIPRI) direktori Den Smit dunyoda yadro qurolini qöllaş xavfi sovuq uruş davridan buyon eng yuqori çöqqiga çiqqanini aytdi.
- 17 iyun kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Peterburg iqtisodiy forumida Vladimir Putinning yonida turib Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarini kvazidavlatlar deb atadi va uning mamlakati bu soxta respublikalarni tan olmasligini aytdi.













