Jahon | 22:39 / 25.06.2022
18871
1 daqiqa o‘qiladi

G7 yetakchilari Rossiyaga qarshi yangi choralarni muhokama qiladi

Oq uy vakili Jon Kirbining aytishicha, ittifoqchilar «Rossiyani jahon iqtisodiyotidan yanada ajratish uchun yangi majburiyatlarni» o‘z zimmalariga oladi.

Foto: AFP

«Katta yettilik» (G7) sammiti ishtirokchilari Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiya rahbariyatiga qarshi kelgusi choralarni muhokama qiladi, dedi Oq uy vakili Jon Kirbi.

«G7 rahbarlarining e’tibori urush natijasida jahon iqtisodiyotiga nisbatan paydo bo‘lgan chorlovlarga qarshi qanday turishgagina emas, balki Putinni javobgarlikka tortishni qanday davom ettirish, u buni eshitishini ta’minlashga ham qaratiladi»,— dedi u.

Kirbining aytishicha, ittifoqchilar «Rossiyani jahon iqtisodiyotidan yanada ajratish uchun yangi majburiyatlarni» o‘z zimmalariga oladi.

24 iyun kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken G7 sammitida Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan yechishni muhokama qilish rejalashtirilayotganini aytgandi.

G7 tarkibidan Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh o‘rin olgan.

Sammit 26-28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid