Samarqandda tanish ayolni o‘ldirib yoqib yuborgan ikki yigitga hukm o‘qildi
Sud yigitlardan biriga 19 yil, ikkinchisiga 17 yil qamoq jazosi tayinlagan.
Oliy sud matbuot kotibining xabar berishicha, Samarqandda tanish ayolni o‘ldirib yoqib yuborgan ikki yigitga sud hukmi o‘qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 7 yanvar kuni soat 00:00 larda 2002 yilda tug‘ilgan M.N. va 2001 yilda tug‘ilgan M.T. tanishi, 1997 yilda tug‘ilgan M.Q. va 1994 yilda tug‘ilgan D.Y.ni jinsiy yaqinlik qilish uchun Past Darg‘om tumani, Istiqbol mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tashlandiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga olib kelgan.
U yerda ikki yigit va ikki qiz mast holatda joy masalasida o‘zaro talashib, janjallashib qolishgan. Shundan so‘ng, yigitlardan biri oshxona pichog‘i bilan 28 yoshli D.Y.ning tanasiga zarba bergan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan. Yigitlar o‘z qilmishlarini yashirish uchun aybni uning dugonasiga to‘nkashga urinishgan va hali joni uzilmagan ayolni yoqib yuborishgan.
2022 yil 7 yanvar kuni Past Darg‘om tuman prokuraturasi tomonidan M.N. va M.T.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida yigitlar Jinoyat kodeksi 97-moddasining bir necha qismlari bilan aybdor deb topilib, M.N.ga 19 yil, M.T.ga 17 yil qamoq jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid
12:12
“Hech qanday ruhiy buzilish holatlari aniqlanmadi” – 3 yoshli bolaning qotili sog‘lom deb topildi
17:05 / 25.11.2024
Zominda ota va o‘g‘il qo‘shni er-xotinni o‘ldirib qo‘ydi. Bunga 22 yillik adovat sabab bo‘lgan
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024