Mirziyoyev va Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi
Turkiya prezidenti O‘zbekiston rahbarining Qoraqalpog‘istonda tinchlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Bugun, 5 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari shu yil mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan Strategik sheriklik kengashining 2-yig‘ilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildi, deyiladi O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabarida.
“Turkiya prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.
Suhbatda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 2022 yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.
“Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar”, deya qayd etilgan rasmiy relizda.
Kecha, 4 iyulda O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan, unda rasmiy Anqara Qoraqalpog‘istonda tinchlikni saqlash bo‘yicha O‘zbekistonning choralarini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlangandi.
Shavkat Mirziyoyev, kecha, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Yevropa Kengashi prezidentlari bilan ham telefonlashdi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024