Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Kanadadan «Shimoliy oqim» gaz quvuri turbinasini qaytarishni so‘radi
Siemens kompaniyasi Kanadaning sanksiyalari sababli gaz turbinalarini «Gazprom»ga qaytara olmasligini ma’lum qilgan.
Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek Kanada hukumatidan bu mamlakatda ta’mirlanayotgan Rossiyaning «Shimoliy oqim» gaz quvuri agregatlarini qaytarishni so‘radi.
«YeIning yanada keskin sanksiyalari uchun birinchilardan bo‘lib kurashishga tayyorman, ammo kuchli sanksiyalar bizning iqtisodiyotimizga emas, Rossiya va Putinga ko‘proq zarar yetkazishi kerak», — dedi Habek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qish mavsumi oldidan gaz omborlarini to‘ldirish uchun «Shimoliy oqim» ishlashi lozim.
«Germaniyaning to‘ldirilgan gaz omborlari nafaqat nemis bozori, balki Yevropa bozori uchun ham muhim», — deb ta’kidladi Habek.
U Kanada hukumatiga «og‘ir kayfiyatda» murojaat qilayotganini aytdi.
«Gazprom» iyun o‘rtalarida Siemens kompaniyasi gaz agregatlarini ta’mirlashdan qaytarmaganini bildirib, «Shimoliy oqim» quvuri orqali gaz yetkazib berish hajmini 60 foizga qisqartirdi. 11-21 iyul kunlari esa rejadagi ta’mirlash ishlari sababli «Shimoliy oqim» orqali gaz yetkazish butkul to‘xtatiladi.
Avvalroq Siemens Kanadaning sanksiyalari sababli gaz turbinalarini «Gazprom»ga qaytara olmasligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026