Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi.
6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan onlayn-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda mamlakatlar parlamentlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berishdi.

Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida parlamentlararo hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Oliy Majlis Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
12:12 / 09.06.2026