Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sindzo Abening vafoti munosabati bilan Braziliyada uch kunlik motam e’lon qilindi
8 iyul kuni Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abega suiqasd uyushtirildi. Hujumdan keyin u koma holatiga tushdi va hushiga kelmasdan shifoxonada vafot etdi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi.
"Yorqin yetakchi, Braziliyaning yaqin do‘sti bo‘lgan Sindzo Abening o‘limi haqida qayg‘uli xabar oldim. Yapon xalqiga hurmat belgisi sifatida mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildim", - deb yozdi Bolsonaru tvitter sahifasida.
67 yoshli Sindzo Abe 8 iyul kuni Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtida hujumga uchradi. Suiqasddan keyin u koma holatiga tushdi va hushiga kelmasdan shifoxonada vafot etdi.
Politsiya suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchining qo‘lga olingani haqida xabar berdi. U Nara shahrida yashovchi 41 yoshli sobiq harbiy bo‘lib chiqdi. Voqea joyida unga tegishli qurol topilgan. Gumonlanuvchi Abening olib borgan siyosatidan norozi ekanini aytgan.
Sindzo Abe 2006-2007 va 2012-2020 yillarda Yaponiya bosh vaziri lavozimida ishlagan edi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026