Jahon | 16:29 / 19.07.2022
4698
1 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Eron bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Eronning Shana axborot agentligi Rossiya va Eron o‘rtasida 40 milliard dollarlik bitim tuzilganini e’lon qildi. Rejalashtirilgan loyihalarga ikkita gaz va oltita neft konlarini o‘zlashtirish kiradi.

Foto: AP

Rossiyaning «Gazprom» konserni va NIOC Eron milliy neft kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Gap taxminan 40 milliard dollarlik loyihalar haqida ketmoqda, deb xabar beradi 19 iyul, seshanba kuni Eronning Shana axborot agentligi. 

Shartnoma «Gazprom» rahbari o‘rinbosari Vitaliy Markelov va NIOC rahbari Muhsin Xoystemer ishtirokidagi onlayn marosimda imzolandi, deyiladi bayonotda. Rejalashtirilgan loyihalar orasida Kish va Shimoliy Pars gaz konlarini o‘zlashtirish, Janubiy Pars konida bosimni oshirish, oltita neft konini o‘zlashtirish, suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib berish loyihalarini yakunlash va gaz eksport quvurlarini qurish bor.

Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron va Turkiya rahbarlari bilan uchrashish uchun Tehronga keldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid