Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p Qirg‘izistonga chiqib ketgan
6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga 2,1 mln O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qiladigan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – 1 mln nafar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 336 ming nafar;
- Tojikiston – 284 ming nafar;
- Turkiya – 131 ming nafar;
- Rossiya – 105 ming nafar;
- BAA – 58 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 50 ming nafar;
- Misr – 21 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 6 ming nafar;
- AQSh – 6 ming nafar;
- Kuvayt – 5 ming nafar;
- Hindiston – 5 ming nafar.
Mavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026