Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 450 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi
O‘zbekiston 6 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 450 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 6 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
- meva va rezavorlar – 118 ming tonna;
- quritilgan meva va rezavorlar – 21 ming tonna;
- sabzavotlar – 576 ming tonna;
- karam – 130 ming tonna;
- pomidor – 56 ming tonna;
- uzum – 11,1 ming tonna;
- mayiz – 38 ming tonna;
- yeryong‘oq – 11 ming tonna;
- tarvuz-qovun – 67,8 ming tonna.
Mavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026