“O‘t bilan o‘ynashsangiz, kuyib qolasiz” - Jinping va Bayden o‘rtasidagi suhbat tafsilotlari ma’lum qilindi
Si Jinping Xitoy va AQSh munosabatlariga strategik raqobat deb qarash noto‘g‘riligini, Xitoy Tayvan masalasida o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyorligini aytgan.
XXR raisi Si Jinping va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi telefon orqali muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va Tayvan mavzusi muhokama qilindi, deb xabar berdi CCTV.
Xabarda aytilishicha, Jinping Xitoy va AQSh munosabatlariga strategik raqobat deb qarash noto‘g‘riligini, Xitoy Tayvan masalasida o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyorligini aytgan.
«Biz "Tayvan mustaqilligi" separatizmiga qat’iyan qarshimiz va Tayvan mustaqilligi kuchlariga hech qachon o‘rin qoldirmaymiz. Xitoy hukumati va xalqining "Tayvan masalasi" bo‘yicha pozitsiyasi bir xil va 1,4 mlrd nafardan ortiq xitoyliklar milliy suverenitet va Xitoy hududiy yaxlitligini himoya qilishga qat’iy ahd qilgan. Jamoat fikrini buzib bo‘lmaydi, o‘t bilan o‘ynashsangiz, kuyib qolasiz. Amerika tomoni buni yaxshi anglaydi deb umid qilaman»,— deya Xitoy raisining so‘zlaridan iqtibos keltirgan CCTV.
Qayd etilishicha, prezident Bayden bugungi dunyo inqirozli davrda turgani, AQSh va Xitoy hamkorligi boshqa mamlakatlar uchun ham manfaatli ekanligini bildirgan.
«AQShning yagona Xitoy bo‘yicha siyosati o‘zgarmagan va o‘zgarmaydi hamda AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini yana bir bor aytmoqchiman»,— degan Bayden.
Ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ham fikr almashgan.
Avvalroq Bayden va Jinping o‘rtasidagi suhbat ikki soatdan ko‘proq davom etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
08:31 / 08.11.2024
Bayden hokimiyatni tinch yo‘l bilan Trampga topshirishga va’da berdi
01:11 / 07.11.2024