Oliy Majlis qonunçilik palatasi «Davlat tili töğrisida»gi qonunning yangi tahririni Qonunçilik palatasining bundan buyongi körib çiqişidan olib taşlaş böyiça qaror qabul qilgan. Bu haqda qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasi ma’lumotiga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi raisi – Spiker Nurdinjon Ismoilov imzolagan qarorda (2022 yil 12 aprel №2027-IV-son):
“1. «Özbekiston Respublikasining davlat tili töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining bundan buyongi körib çiqişidan olib taşlansin.
2. Uşbu Qaror ma’lumot uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin”, – deyiladi.

«Davlat tili töğrisida»gi qonunning «tuğiliboq böğilgan» yangi tahriri haqida
Köplab ziyolilar, özbek tili fidoyilari 1989 yil 21 oktyabrda, Özbekiston hali sovet mustamlakasi paytida qabul qilingan va keyinçalik ayrim özgartirişlar kiritilgan «Davlat tili töğrisida»gi qonun juda böş va qörqoqlik bilan işlangani, unda hatto özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan yo berilmagani oçiq savol bölib qolayotganini aytişadi.
Qonun nomukammalligini qöşni davlatlarning şunday qonunlari matni bilan tanişib çiqiş asnosida ham yaqqol köriş mumkin.
Jumladan, Özbekistonda davlat tili töğrisidagi qonun 5 ming 187 belgidan iborat bölsa, Qozoğistonda 15 ming 13 belgi, Ozarboyjonda 12 ming, Turkmanistonda 15 ming 468, Qirğizistonda 14 ming 63, Tojikistonda 8 ming 600, Rossiya Federatsiyasining davlat tili töğrisidagi qonuni 10 ming 158 belgidan iborat. Bunda Markaziy Osiyodagi eng «kiçkina» qonun şu mintaqadagi eng katta davlatga tegişli bölib çiqyapti.
Şuningdek, qonunning 1-moddasida Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tili ekani belgilangan.












