«Davlat tili töğrisidagi» qonunning yangi tahriri parlamentda muhokama qilinmoqda. «Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirovning ma'lum qilişiça, partiya fraksiyasining «Davlat idoralariga murojaatlar davlat tilida bölsin, boşqa tilda bölsa davlat tiliga tarjimasi ilova qilinsin, javoblar davlat tilida bölsin», degan taklifi Qonunçilik palatasi vakillari tomonidan qabul qilinmagan.
Ovoz beriş natijalariga köra, bu taklifni 58 nafar deputat ma'qullagan, 48 vakil qarşi çiqqan, 12 kişi ovoz bermagan va 5 vakil betaraf qolişni afzal bilgan.
Şu tarzda 65/58 nisbatda bu taklif qabul qilinmagan.

E'tiborli jihati – qarşilarning köpçiligi XDP vakillaridir.
«Bir hamkasbimizning «bizga va farzandlarimizga özbek tilini örganiş qiyin, biz öz tilimizda murojaat qilişni xohlaymiz» degan gapi ham ğururiga tegmagan 65ta deputat...
Özbek tili ojiz... Bu masalaga, ölmasak, 10 yildan keyin qaytarkanmiz. Hozirça uzr, ovozimiz kamlik qilyapti», – deya yozadi Alişer Qodirov.
Eslatib ötamiz, bunday fikrlar Alişer Qodirov tomonidan ilgari ham bildirilgan.
«Qonun loyihasi muhokamasida XDPning sovetça qaraşlari va «Milliy tiklaniş»ni azaldan jini suymaydiganlar bilan qonunga jiddiy e'tibor bermayotganlarning kayfiyatlari ustuvorlik qilmoqda. Özbek tili qadrini kötariş va uning ustuvorligini ta'minlaş uçun kiritayotgan takliflarimiz «qolgan millatlarni xafa qilib qöymasligimiz kerak» yondaşuvi bilan qabul qilinmay qoladigandek», – deya yozgandi u.










