«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi asosiy masalalardan biri sifatida uşbu qonun loyihasini jiddiy muhokama qilişga tayyorlanmoqda.
Şu bilan birga, bugungi kunda qabul qilişga tayyorgarlik körilayotgan «Normativ huquqiy xujjatlar töğrisida»gi qonun loyihasining 33-moddasida partiya fraksiyasining taşabbusi asosida Özbekiston Respublikasida barça normativ huquqiy xujjatlarni özbek tilida qabul qilinişi belgilanmoqda», deb yozadi Qodirov.
Eslatib ötamiz, aprel oyida Adliya vazirligi davlat tilida iş yuritişni ta'minlamaganlik uçun mansabdor şaxslarga javobgarlik belgilaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqqan va va uni xalq muhokamasiga qöygan edi.
Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, Özbekistonda davlat tili özbek tilidir.
Şuningdek, «Davlat tili haqida»gi qonunning 9-moddasiga köra, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida iş davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boşqa tillarga tarjima qilinadi.
Şu bilan birga, «Davlat tili haqida»gi qonunning 10-moddasiga köra, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar va jamoat birlaşmalarida iş yuritiş davlat tilida, işlovçilarining köpçiligi özbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boşqa tillarda ham amalga oşirilişi mumkin.











