Kun.uz ijodiy guruhi voqea aslida qanday röy bergani xususida suriştiruv ötkazdi.

Samarqand tumani Yangiariq mahallasi hududida joylaşgan aylanma yöl yoqasi 10 yillardan buyon mardikor bozor bölib kelgan. Bir tomonda erkaklar, bir tomonda ayollar yöl çetida turişadi. Erkaklar turli oğir işlarga jalb qilinsa, ayollar asosan qişloq xöjaligi işlari, tozalaş supuriş-sidiriş va hokazo yumuşlarga olib ketilar ekan.

Ma’lum bölişiça, pastdarğomlik yigitlar ertalab «Gazel» maşinasida qişloqlardan yoş-qari ayollarni şu yerga kunlik işga olib kelib, kun qorayganda olib ketişarkan. Ular «brigadir» deb atalarkan. Brigadirlar orasida ayollar ham bor.

Şuningdek, bozorga özi iş izlab çiqqan erkak va ayollar ham bor. Janjal şu yerdagi mardikor ayollar guruhi içidagi kelişmovçilikdan kelib çiqqan.

Voqea 21 iyul kuni soat 17:00 lar atrofida röy bergan. Asli Past Darğom tumanidan bölgan, Kimyogarlar qörğonida ijara uyda yaşovçi Ş.I. va X.I. ismli 33 va 25 yoşli opa-singilni göyoki öşa «Gazel»da ayollarni olib keluvçi «brigadir» ayollardan biri haqorat qilgan. Örtada çiqqan janjaldan söng opa-singillar u ayolni M37A yölidagi «Gazel»lar turgan joygaça ta’qib qilib borişgan.

«U «brigadir» ayol meni qattiq haqorat qildi. Keyin biz uni «Gazel»lar turgan joygaça quvib bordik. U yöl çetida turgan ikki «Gazel»dan biri içiga yaşirindi. Maşinaga çiqmoqçi bölsak «maşinamga qadamingni bosib harom qilma» qabilida yana haqoratlar eşitdik, bizni turtib, urib taşlaşdi. Ha, söngra jahl ustida toş otdik maşinalarga», — dedi Ş.I.

Internetda döpposlanayotgani tasvirlangan opa-singillar Qarşi şahriga eltuvçi taksilar turadigan avtoturargohdan toş olib, ikkita «Gazel»ning oynalarini tökib taşlaşgan. Maşina haydovçilaridan biri va dastlab öşa yerdagi janjalni ajratişga uringan yigitça özlariga yopişayotgan opa-singillarni itarib taşlab, söngra haqorat eşitgaç, ularni ura boşlaşgan. Singil X.I. yegan zarbalari ta’sirida holdan toyib, quruq yer ustida yotib qolgan.