2 avgust kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi hay’ati yiğilişida «Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobining mobil ilovasi loyihasi muhokama qilindi. Loyiha taşabbuskorlari ilovani yaratişga 2,6 mlrd söm mablağ ajratişni söragan. Loyiha rahbari Akmal Xolmatoviç Saidov bölib, ijroçi taşkilot «Barqaror rivojlaniş markazi» nodavlat-notijorat taşkiloti hisoblanadi.
Yiğiliş hay’at raisi, innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazirlikning «Filologiya va ijtimoiy fanlar» yönalişi böyiça ilmiy-texnik raisi örinbosari Qiyomiddin Nazarov örtasidagi qizğin bahs bilan keçdi. Kun.uz yiğilişni kuzatib, muhokamalar çoğidagi muloqotning qisqaça mazmunini yozib oldi.
Vazir: Bu pul qayerga işlatiladi, nega bunça mablağ?
Jasur Ikramşikov, boşqarma boşliği: Mobil ilovani Google Play’ga joylaştiriş, iOS'ga joylaştiriş, Creative Cloud, mobil ilovani yaratişda dizayner, android developer, bekend developerga xarajatlar, undan taşqari, Yangi Özbekiston öquv materiallarini 1000 adadda çop etiş, Yangi Özbekiston taşviqot risolalari 1000 adad, mobil ilovaning metodik qöllanmasi 1000 adad, 10 turdagi reklama xarajatlari közda tutilgan.
Vazir: 100 million söm oylik köpmi, kammi, nega heç kim gapirmayapti?
Qiyomiddin Nazarov: Loyiha doirasida xizmat safarlari ham közda tutilgan. Koreya va Hindistonga borib mobil ilova yaratişda tajriba örganiladi.
Vazir: Özi mobil ilova yaratiş tajribasi bor-ku, Koreyaga borib örganiş şart emas. 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasining onlayn platformasi bor, işlab turibdi.
Qiyomiddin Nazarov: «Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobi haqida gap ketyapti, kitobda muayyan darajada nazariy jihatlar bor. U strategiyadan farq qiladi. Biz bu masalani juda ham köp örganib çiqdik.
Bir yilga beşta vazifa qöyilgan, şu masalaga mablağlarni ham ajratib çiqdik. 4ta narsa 1000 donadan çiqyapti. Markaz (Barqaror rivojlaniş markazi nazarda tutilyapti – tahr.) yetmagan pulni yonimizdan tölayapmiz deyapti.












