O‘zbekiston | 11:40 / 03.08.2022
9972
1 daqiqa o‘qiladi

DB Buxoro - Urganch - Xiva temiryo‘lini elektrlashtirishda ishtirok etadi

Ish kuzda boshlanishi rejalashtirilgan. Ular bitkazilgach, «Afrosiyob» poyezdlari yo‘nalish bo‘ylab qatnay boshlaydi.

Foto: Shutterstock

DB Engineering and Consulting Buxorodan Xivagacha bo‘lgan temiryo‘l liniyasini elektrlashtirishda ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Railway News.

Deutsche Bahn Germaniya temiryo‘llari operatorining shu’ba korxonasi iyul oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan shartnoma imzolagan edi. Hujjatlarni imzolash marosimi Germaniya - O‘zbekiston iqtisodiy kengashining 6-yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. 

Kelishuv doirasida DB Engineering and Consulting Buxoro - Urganch - Xiva yo‘nalishi bo‘ylab 452 kilometr temiryo‘lni elektrlashtirish jarayonini nazorat qiladi. Ish kuzda boshlanishi rejalashtirilgan. 

Loyihaning amalga oshirilishi ushbu yo‘nalishda «Afrosiyob» tezyurar poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Shu tariqa, Toshkent va Urganch o‘rtasidagi qatnov vaqti 11 soatga qisqaradi, deyiladi xabarda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid