Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Seul ko‘chasidagi biznes markaz qurilishida yong‘in chiqdi
5 avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Seul ko‘chasida joylashgan, 12 qavatga mo‘ljallangan, qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘ldi.
Foto: KUN.UZ
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, shahar FVBga yong‘in haqida soat 18:23 da xabar kelib tushgan. 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga soat 18:28 da yetib borib, yong‘in soat 18:44 da o‘chirilgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida binoning 2-qavatida 140 kv.m. maydonda qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, – deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.
Mavzuga oid
14:24
Sergelida uch qavatli uy tomida yong‘in sodir bo‘ldi
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026