«Yettilik» davlatlari Rossiyani Zaporijjya AESni Ukrainaga qaytarishga chaqirdi
RFning Zaporijjya AESda davom etayotgan harbiy ishtiroki tufayli mintaqa tahdid ostida, deyiladi G7 bayonotida. «Yettilik» obektga xalqaro ekspertlarni yuborish taklifi bilan chiqdi.
G‘arbning yetti yetakchi sanoat mamlakati («katta yettilik» – G7) guruhi Rossiyani Zaporijjya AES hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. «Rossiyaning ushbu AES ustidan nazoratni davom ettirishi mintaqa uchun xavf tug‘diradi», — deyiladi «yettilik» TIV rahbarlari va Yevropa tashqi siyosat xizmati vakillarining 10 avgust, chorshanba kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotida.
G7 mamlakatlari «Rossiyaning yadroviy inshootlarga nisbatan harakatlaridan kelib chiqadigan jiddiy tahdiddan chuqur xavotirda ekanini bildirdi va oqibatlari Ukrainadan tashqarida ham sezilishi mumkin bo‘lgan yadroviy avariya yoki hodisa xavfidan ogohlantirdi». Vazirlar Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA)ning Ukrainada yadroviy xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Ular «Ukrainaning o‘z hududi va infratuzilmasi ustidan suverenitetini hurmat qilish» zarurligini ta’kidlab, «yadro xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni yo‘q qilish» uchun Zaporijjya AESga mutaxassislarni yuborishga chaqirdi. G7 vazirlariga ko‘ra, ekspertlar Ukrainadagi barcha yadroviy inshootlardan erkin foydalanishi va bu obektlarda ukrainalik xodimlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda hech qanday to‘siqlarsiz hamkorlik qilishi kerak.
AEXA rahbari Rafael Grossi yaqinda Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Zaporijjya AESdagi vaziyatdan xavotir bildirdi va bu stansiyada «barcha xavfsizlik tamoyillari u yoki bu tarzda buzilayotganini» ta’kidladi.
Zaporijjya AES - Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi. U mart oyi boshidan beri Rossiya qo‘shinlari nazoratida. O‘shandan beri AEXA obektga kirishga urinmoqda. Rossiya va Ukraina bir-birini AESga hujum qilishda ayblamoqda. «Energoatom» Ukraina kompaniyasining ma’lum qilishicha, Rossiya Zaporijjya AESni annexia qilingan Qrimdagi tarmoqlarga ulash niyatida va shu maqsadda stansiyani Ukraina bilan bog‘lovchi elektr tarmoqlariga zarar yetkazmoqda.
Mavzuga oid
10:30 / 11.11.2024
RF Zaporijjya va Mikolayivga zarba berdi: kamida besh kishi halok bo‘ldi
10:00 / 21.10.2024
RF qo‘shinlari Zaporijjyaga hujum qildi: 10 kishi yaralandi
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
20:20 / 16.10.2024