Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga sharhlar» kitobi 6 tilga tarjima qilindi
Rossiyalik olim Vladimir Kvintning «Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga sharhlar» monografiyasini hozirgacha rus, o‘zbek va polyak tillarida o‘qish mumkin edi. Yaqinda kitobning qirg‘iz, ingliz va xitoy tilidagi varianti ham nashrdan chiqdi.
Foto: Kun.uz
Ilgari kitob rus, o‘zbek va polyak tillarida nashr etilgan va uning keng taqdimoti Rossiya, O‘zbekiston va Polshada o‘tkazilgan edi. Endi bu asarni qirg‘iz, ingliz va xitoy tillarida ham o‘qish imkoni tug‘ildi.
Kitob buyuk sarkarda va atoqli davlat arbobi, strateg Amir Temur ijodining qayta chop etilgan faksimil nusxasi hisoblanadi.
Kitobda «Temur tuzuklari»dagi davlat arboblari, yetakchi-strateglar va strategik o‘qitish bo‘yicha mutaxassislar uchun qiziqarli deb hisoblangan qismlar qisqacha mazmuni bayon qilingan va sharhlangan.
Asar Amir Temur tajribasini ommalashtirishni maqsad qilgan bo‘lib, davlat rahbarlariga davlat, harbiy va xo‘jalik boshqaruvida yordam beradi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.11.2025
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
11:53 / 22.10.2025
O‘zbek yoshlari uchun katta sovg‘a: “Ming kitob” loyihasi dastlabki 27 ta kitobni taqdim etdi
20:42 / 18.10.2025
Inson emas, insoniylik o‘lganda haqiqiy jinoyat sodir bo‘ladi
14:47 / 16.10.2025