Nyu-Yorkda yozuvchi Salmon Rushdiyga hujum uyushtirildi
Salmon Rushdi 1980-yillarda shia musulmonlarining g‘azabiga uchragan. Eron diniy rahnamosi oyatullo Humayniy Rushdiyni o‘ldirishga fatvo bergan.
Nyu-Yorkda kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiy hujumga uchradi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Rushdiy Chautauqua institutida ma’ruza qilishi kerak bo‘lgan. Ma’ruza oldidan noma’lum shaxs sahnaga yugurib chiqqan va Rushdiyni do‘pposlay boshlagan. U qo‘lga olingan.
Rushdiy Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U 1980-yillarda «Shayton suralari» romanini yozganidan so‘ng shia musulmonlarining g‘azabiga uchragan. Eron diniy rahnamosi oyatullo Humayniy Salmon Rushdiyni o‘ldirishga fatvo bergan.
Yozuvchi 2016 yilda AQSh fuqaroligini olgan.
Rushdiy 1981 yilda «Yarim tun bolalari» asari uchun Buker mukofotini olgan.
Mavzuga oid
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023
Nyu-York meri noqonuniy muhojirlar oqimi shaharni vayron qilishi mumkinligini aytdi
10:56 / 10.06.2023
Nyu-Yorkda tutunli havo yana bir necha kunga saqlanib qoladi
22:30 / 08.06.2023