Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya Turkiyani chegara orqali migrantlarni jo‘natishda aybladi
Bir necha kun ilgari Turkiya va Gretsiya chegarasidagi Evros daryosidagi orolda 40 nafarga yaqin migrant topilgandi.
Turkiya noqonuniy migrantlarni chegara orqali Gretsiyaga o‘tishga majburlamoqda, dedi mamlakat migratsiya va boshpana berish ishlari bo‘yicha vaziri Notis Mitarakis.
Mitarakis bir necha kun avval topilgan migrantlar joylashtirilgan Evrosdagi migrantlarni qabul qilish va shaxsini aniqlash markazida bo‘ldi.
Bir necha kun ilgari Turkiya va Gretsiya chegarasidagi Evros daryosidagi orolda 40 nafarga yaqin migrant topilgandi. Besh yoshli qizcha chayon chaqishi oqibatida vafot etgan.
Gretsiya hukumati bu migrantlar guruhi haqida hech narsa bilmasligini, chunki ular Turkiya hududida bo‘lgani, ammo dushanba kuni kechqurun politsiya 38 nafar suriyalik migrant topilgani haqida xabar berganini bildirdi.
"Migrantlarning so‘zlariga ko‘ra, ular 14 avgust kuni Gretsiya hududiga o‘tishgan. Eng muhimi, ularning aytishlaricha, bu migrantlar daryoning Turkiya tomonidagi sohilidan kelgan va Turkiya hukumati tomonidan orolga siqib borilgan. Turkiya jandarmeriyasi ularni Evros sohiliga olib kelgan va zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, Gretsiyaga o‘tishga majbur qilgan", - dedi Mitarakis.
Mavzuga oid
10:52
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026