Bolgariya RF bilan gaz bo‘yicha muzokaralarni «muqarrar» deb hisoblayapti
Bolgariyaga bir yilda taxminan uch milliard kubometr gaz kerak. Hozirda Sofiya zarur gazning uchdan bir qismini Ozarboyjondan oladi, qolganini esa jahon bozoridan sotib oladi.
Bolgariya texnik hukumati energetika vaziri mamlakatning «Gazprom» bilan aprel oyida uzilib qolgan gaz ta’minotini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini zarur deb hisoblaydi. Rosen Xristov Rossiya monopolisti bilan muzokaralar qachon boshlanishini aytmadi, biroq ular Bolgariya arzonroq gaz olishi uchun zarurligini ta’kidladi. «Sanoat va kasaba uyushmalarining talablariga bog‘liq holda, «Gazprom» bilan gaz yetkazib berishni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borilishi muqarrar narsa», — deya 22 avgust, dushanba kuni Xristovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.
Bolgariya o‘z ehtiyojlarining 90 foizdan ortig‘ini, «Gazprom» aprel oyida mamlakatga yetkazib berishni to‘xtatmaguncha, rus gazi bilan qoplagan. Buning sababi, Sofiyadagi sobiq hukumat Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun Yevropa sanksiyalari joriy etilgani tufayli, Moskva talab qilganidek, gaz uchun rublda to‘lashdan bosh tortgan. «Gazprom» bilan uzoq muddatli shartnoma 2022 yil oxirida tugaydi.
Hozirda yiliga qariyb uch milliard kubometr gazga ehtiyoj sezayotgan Bolgariya uning uchdan bir qismini Ozarboyjondan oladi, qolganini esa jahon bozoridan sotib oladi.
Xristov sobiq bosh vazir Kirill Petkov hukumatini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Moskva bilan munosabatlarni beqarorlashtirganlikda aybladi. «Gazprom» bilan bog‘liq vaziyat ijobiy emas. Ularga murojaat qilishimiz kerak. Muzokaralar juda qattiq va qiyin bo‘ladi», - dedi vazir. Petkov hukumati atigi olti oylik hokimiyatdan keyin iyun oyida quladi. Yangi hukumatni shakllantirishning iloji bo‘lmadi, shuning uchun prezident Rumen Radev muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazdi va muvaqqat texnik hukumatni tayinladi.
2 avgust kuni yuzlab bolgarlar muvaqqat hukumatga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqib, Rossiya gazini yetkazib berishni qayta tiklashga undadi, bu esa Kremlning Bolgariya iqtisodiga ta’sirini kuchaytiradi, degan xavotirni keltirib chiqaradi. Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi 21 avgust kuni Sofiyada rasmiylarning siyosiy irodasi bo‘lsa, gaz yetkazib berish qayta tiklanishi mumkinligini aytdi. Ammo to‘lov rublda amalga oshirilishi sharti bilan.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
12:50 / 28.10.2024