Sud hukmi öqiladi, jazo tayin. Ayblanuvçi adolat binosida adolat istab, atrofga umidvor boqadi. Afsuski, u öziga oldindan hukm çiqarilganini, sud majlisi öşa hukmni rasmiylaştirib qöyiş uçun ötkazilgan spektakl ekanini sezmaydi, hatto.

Jinoyat işlari böyiça Toşkent tuman sudida bu kabi holatlar oddiy holga aylanib qolgan. Buni mazkur sudning oxirgi 4-5 oydagi ikkita işi misolida köriş mumkin.

Davlat duşmaniga aylantirilgan yigit

20 yoşli Abdurahim Abduğaniyev dökonda sotuvçilik bilan şuğullanib kelgan. 2022 yilning 7 aprel kuni Toşkent tuman IIB TEQKB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Abdurahimning uyali telefoni közdan keçiriladi. Tekşiruv jarayonida telefon xotirasida taqiqlangan diniy materiallar borligi, Abdurahim ularni Telegram orqali tanişiga jönatgani aniqlanadi.

Abdurahimning yaqinlari va advokati tergov va suddan mutlaqo norozi. Aytişlariça, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Abdurahimning böyniga bu ayblovni “iliş” uçun köplab protsessual normalarni buzişgan, jismoniy va ruhiy tazyiqlar ötkazişgan.

Toşkent tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tergovçisi, leytenant M.Hamidov ayblov xulosasini yozişda şunçalar qattiq “ijod” qiladiki, Abdurahimdan dahşatli vatan xoinini “yasaydi”. Xususan, tergovçi tomonidan 20 yoşli yigitning böyniga Jinoyat kodeksining 159-modda 1-qismi, 159-moddasi 1-qismi “a” bandi, 159-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 244¹-modda 3-qismi “g” bandi ilib qöyiladi.

Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi Özbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda özgartirişga, hokimiyatni bosib olişga yoxud qonuniy ravişda saylab qöyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan çetlatişga yoxud Özbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzişga oçiqdan oçiq da’vat qiliş, şuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatiş maqsadida tayyorlaş, saqlaş yoki tarqatişda ifodalangan jinoyatlar uçun jazoni nazarda tutadi.

Ma’lumot va öquvçi qiyoslab olişi uçun: joriy yil iyul oyi boşlarida Qoraqalpoğistonda 20 ga yaqin insonlar ölimiga sabab bölgan namoyiş va tartibsizliklar taşkilotçilariga Jinoyat kodeksining