Quvalik va namanganlik sobiq inspektorlar vazir Pölat Bobojonovga yöllagan videomurojaatlarida ham majburiy yuklamalar, korrupsiya va boşqa muammolardan şikoyat qilişgandi. Garçi Kun.uz'ga intervyu bergan IIV mulozimi Baxtiyor Berdialiyev profilaktika inspektorlariga fuqarolarni jarimaga tortiş böyiça kunlik reja belgilab berilganini butunlay inkor qilgan bölsa-da, bunday holat nafaqat Quva yoki Namanganda, balki Özbekistonning boşqa hududlarida ham sodir bölayotgani tahririyatga kelayotgan murojaatlardan ma’lum bölmoqda.

Joylardagi içki işlar organlari rahbarlari bir-biri bilan kimözarga raqobatlaşayotgani, buni kim köp jarima undiriş orqali namoyon qilişga harakat qilayotgani jabrini “uçastkavoy”lar tortyapti. Kun.uz'ga yuborilgan ovozli xabarlarda bunday topşiriqlar Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida ham avj olgani haqida söz boradi.

Audioda Yangiyöl tumani 2-sonli IIB boşliği podpolkovnik Olim Sobirov ekani aytilayotgan şaxs qöl ostidagi profilaktika inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 187-moddalari (jamoat joyida algokol içiş) böyiça ikkitadan ma’muriy bayonnoma tuzib, ertalabki yiğilişga olib keliş haqida topşiriq berayotgani aks etgan:

“Ertaga har bir xodim ertalabgaça ikkitadan, bitta 187, bitta 183, agar buning iloji bölmasa, ikkita 187 yozib, olib kelişi kerak. Şart! Hozir Xayrulla aka [Yangiyöl tumani IIO FMB HPB boşliği Xayrulla Boltaboyev] hammangni çiqarvordi “razvod” önda deb. Hozir önda telefon qilib, qani “protokol”, “naçalnik”ka nima deb javob beraman deyapti.

Öşançun kimni yozasan, kimni nima qilasizlar, har bir xodim ertalabki yiğilişga – “razvod”ga ikkitadan 187 opkelişi şart. Tuni bilan topib, yozdik 187 ikkitadan deb beriş kerak. Bölmasam ertalab “razvod”da “naçalnik” ****yets qiladi. Men keçqurun yozdiraman hammasiga, şettaman özim, tekşiruvçiman deganman”