Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB: O‘zbekistonda YTHdan iqtisodiy zarar YaIM 3,8 foizini tashkil qiladi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ekspertlari missiyasi O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha Respublika komissiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentda bo‘lib turibdi.
Komissiya yo‘l harakati xavfsizligi siyosatini amalga oshirish uchun 2022 yil aprel oyida tashkil etilgan.
Kuni kecha OTB ekspertlari yo‘l harakati xavfsizligi holati, baxtsiz hodisalar natijasida o‘lim va jarohatlanish holatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yo‘l harakati xavfsizligi milliy siyosatini ishlab chiqish, yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarga oid taqdimotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar ochilishida OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali ta’kidlaganidek, «2021 yilda afsuski, O‘zbekiston yo‘llarida 9 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, 2,5 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan».
«Bu O‘zbekistonda harakatlanish erkinligining qabul qilib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlari. Yo‘l-transport hodisalarida o‘lim va jarohatlanishning ijtimoiy va hissiy xarajatlari behisob bo‘lsa-da, iqtisodiy xarajatlar ham bor», — dedi u.
OTB ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda yo‘l-transport jarohatlarining iqtisodiy qiymati milliy YaIMning 3,8 foizini tashkil qiladi.
«Ushbu yillik xarajatlar farovon, inklyuziv, bardoshli va barqaror davlat yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarni bekor qiladi», deb xulosa qildi Enriko Pinali.
Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari maxsus komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
Komissiyaga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qilyapti.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026