O‘zbekiston | 11:10 / 31.08.2022
1982
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yangi bitim tasdiqlanadi

Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2021 yil 28 iyun kuni Toshkentda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi.

Bitim muqaddima va 12 ta moddadan iborat. Bitim maqsadi Turkiya bilan texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlik qilishdan iborat bo‘lib, 2-, 3-, 4-, 5-moddalariga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi va tajriba almashadi:

  • axborot texnologiyalaridan foydalanish va xalqaro standartlashtirish tashkilotlarida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilish;
  • xalqaro huquq va majburiyatlari doirasida muvofiqlikni baholash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • ishchi guruh yig‘ilishlari, konferensiyalar, sessiyalar, ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tashkil etish orqali muvofiqlikni baholash jarayonlari sohasida shaffoflik va ma’lumot almashishni oshirish;
  • akkreditatsiya qilingan va (yoki) vakolatli sertifikatlashtirish idoralari, sinov laboratoriyalari va markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
  • eksport mahsulotlari sifatini ta’minlash, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar hayoti va sog‘ligini, atrof-muhitni muhofaza qilish va firibgarlik oldini olish uchun davlatlar qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘rish;
  • import va (yoki) bozorni kuzatib borish bosqichida aniqlangan mos kelmaydigan/xavfli bo‘lgan tovar to‘g‘risida xabar berish. Bunday mahsulotlar reklamasi va sotilishi oldini olish uchun mavjud bo‘lgan barcha kerakli choralarni ko‘rish va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabardor qilish;
  • muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikda ishlarni olib borish;
  • sinash sxemalarida qatnashish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazishdan oldin laboratoriyalarni yoki laboratoriyalararo solishtirishlarni tashkil etish;
  • axborot texnologiyalaridan foydalanish va akkreditatsiya organlari baholovchilari va ekspertlarini tayyorlashga ko‘maklashish;
  • akkreditatsiya bo‘yicha bilim va tajriba almashish;
  • qonunlashtiruvchi, ilmiy va amaliy metrologiya bo‘yicha bilim va tajriba almashish;
  • milliy etalonlarni kalibrlash bo‘yicha faol hamkorlikni amalga oshirish;
  • etalonlarni ikki tomonlama solishtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish;
  • o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashda axborot texnologiyalari va o‘rnatilgan xalqaro mexanizmlardan foydalanish;
  • texnik ma’lumot, maslahat, materiallar va nashrlarni almashish;
  • qo‘shma seminarlar, konferensiyalar, o‘quv kurslari va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish;
  • sertifikatlangan halol mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha xalqaro savdo o‘sishini inobatga olib, ikki tomonlama iqtisodiy va tijorat aloqalarini rivojlantirish uchun halol standartlar, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasida hamkorlik qilish hamda axborot, tajriba va ilg‘or amaliyotlarni almashish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid