Joriy yilning birinçi yarmida foyda soliği tuşumlari 18,6 trln sömni taşkil qilib, ötgan yil darajasida saqlab qolingan. Bunga asosiy sabab sifatida oltin va mis qazib çiqaruvçilar uçun oşirilgan soliq stavkasining pasaytirilişi keltirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida Moliya vaziri Temur Işmetov ma’ruza qilib, davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2022 yil birinçi yarim yillik yakunlari böyiça ijrosi töğrisida hisobot berdi.

Qayd etilişiça, birinçi yarim yillikda Özbekiston YaIM hajmi 394 trln sömni taşkil etgan holda, ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga ösgan. Şuningdek, hisobot davrida taşqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni taşkil etib, 32,4 foizga oşgan.

2022 yilning dastlabki olti oyi davomida budjet daromadlari 93 trln sömni taşkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 18 trln sömga köpaygan.

“Joriy yilning birinçi yarmida foyda soliği tuşumlari 18,6 trln sömni taşkil qilib, ötgan yil darajasida saqlab qolindi. Foyda soliği tuşumlari ösmasligining asosiy sababi oltin va mis qazib çiqaruvçilar uçun oşirilgan soliq stavkasining pasaytirilişidir. Foyda soliği tuşumining 9,5 trln sömi yoki 51 foizi aynan şu oltin va mis qazib çiqaruvçilar hissasiga töğri kelgan. Ulardan tuşumlar ötgan yilning şu davriga soliştirganda 2,2 trln söm yoki 26 foizga pasaygan. Lekin uşbu korxonalardan yöqotilgan foyda soliği tuşumi davlat budjetiga dividend şaklida undirilmoqda”, deya ta’kidladi Işmetov.

Şuningdek, hisobot davrida maktabgaça ta’lim muassasalari soni 403taga ösgan. Jumladan, davlat boğçalari soni 33 taga, nodavlat boğçalar soni esa 370 taga köpaygan.

Ma’lumot uçun, 2022 yil 1 yanvardan boşlab yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari oltin va mis uçun 7 foizgaça (oldin oltin uçun ham, mis uçun ham 10 foiz edi) kamaytirilgandi.