Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YaIM 7,6 foizga oshdi, o‘sish drayveri - xizmatlar sohasi bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabrda O‘zbekiston YaIM joriy narxlarda 1 303 702,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga o‘sdi. O‘sishga eng katta hissani xizmatlar sohasi qo‘shdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 7,6 foizga oshdi. YaIM hajmi joriy narxlarda 1 303 702,1 mlrd so‘mga yetdi. O‘sish tarkibida xizmatlar sektori asosiy “drayver” bo‘lib, umumiy ko‘rsatkichga +4,0 f.p. hissa qo‘shdi.
Tarmoqlar kesimida:
- xizmatlar sohasi — o‘sish 8,7 foiz, YaIMga hissa: +4,0 f.p;
- shundan savdo, yashash va ovqatlanish — +10,6 foiz;
- tashish va saqlash, axborot va aloqa — +14,6 foiz;
- boshqa xizmatlar — +6,4 foiz;
- sanoat — o‘sish 6,8 foiz, hissa: +1,7 f.p;
- qurilish — o‘sish 14,2 foiz, hissa: +1,0 f.p;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — o‘sish 3,6 foiz, hissa: +0,6 f.p;
- mahsulotlarga sof soliqlar — o‘sish 6,9 foiz, hissa: +0,3 f.p.
Yig‘indi hissalar 7,6 foiz punktiga teng bo‘lib, umumiy real o‘sishni to‘laqonli aks ettiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ichki talabning kengayishi, ayniqsa xizmatlar, logistika va aloqa segmentlaridagi faollik YaIM dinamikasiga asosiy turtki bo‘ldi, qurilishdagi ikki raqamli sur’atlar esa investitsiya faolligining yuqori ekanini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
15:51 / 05.03.2026
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m deb belgilandi
11:40 / 05.03.2026
Xitoy 1991 yildan beri eng past YaIM o‘sishi maqsadini belgiladi
18:38 / 03.03.2026
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:25 / 03.03.2026