Jahon | 08:02 / 08.09.2022
6529
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 10 kishini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs ushlandi

Erkak Saskachevan provinsiyasining Rostern shahri yaqinida qo‘lga olingan. U pichoq bilan 10 kishini o‘ldirgan va 18 kishini yaralaganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: abc

Kanada politsiyasi 7 sentabr, chorshanba kuni joriy yilning 4 sentabr kuni sodir bo‘lgan bir qator qotilliklar bo‘yicha yagona tirik gumondorni qo‘lga oldi. Kanadaning markaziy qismidagi Saskachevan provinsiyasida joylashgan Rostern shahri yaqinida 30 yoshlardagi erkak qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u akasi bilan 13 xil joyda, jumladan, Jyeyms-Smit-Kri-Fyorst-Neyshn rezervatsiyasida va Veldon qishlog‘ida jinoyat sodir etgan. Hammasi bo‘lib 10 nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, 18 nafari pichoqlangan.

Gumonlanuvchining akasi jasadi 5 sentabr kuni topilgan bo‘lib, unda jarohatlar izlari bo‘lgan. Politsiyaning fikricha, u bu jarohatlarni o‘ziga o‘zi yetkazmagan. 

Qo‘lga olingan shaxs huquq-tartibot idoralariga 20 yildan beri tanish. Voyaga yetganidan so‘ng 59 ta huquqbuzarlik, jumladan, o‘g‘rilik va zo‘ravonlik sodir etgan. O‘smirlik davridan beri u spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. 14 yoshida kokain iste’mol qila boshlagan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid