Kanadada pichoq bilan qilingan hujumlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Hujum qilganlarning qurbonlari 13 xil joyda, jumladan, mahalliy aholi yashaydigan hududda aniqlangan. Ulardan ba’zilari ataylab o‘ldirilgan, boshqalari esa tasodifiy qurbonlar bo‘lgan.

Foto: scottrenfroe.com
4 sentabr, yakshanba kuni Kanadaning markaziy qismidagi Saskachevan provinsiyasida sodir etilgan hujumlar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi pichoqlandi, deb xabar berdi mahalliy politsiya.
Kanada qirollik Saskachevan otliq politsiyasi boshlig‘i Ronda Blekmor matbuot anjumanida hujum qilganlarning qurbonlari 13 xil joyda, shu jumladan Shimoliy Amerika mamlakatining Jyeyms-Smit-Kri-Neyshn tub aholi yashaydigan hududda va Veldon qishlog‘ida topilganini aytdi. Ulardan ba’zilari ataylab o‘ldirilgan, boshqalari esa tasodifiy qurbonlar bo‘lgan deb hisoblanyapti.
Politsiya Demiyen Sanderson va Maylz Sanderson ismli ikki gumonlanuvchini qidiruvga bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular qora Nissan Rogue mashinasida yuribdi. Oxirgi marta ularni hujum joyidan 320 kilometr janubda joylashgan Rejayna shahrida ko‘rishgan.
Mahalliy hokimiyat Saskachevan aholisini xavfsiz joylarda qolishga va ularni tark etmaslikka chaqirdi. Jyeyms-Smit-Kri-Neyshn rezervatsiyasida favqulodda holat e’lon qilindi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hujumlarni «dahshatli va yurakni ezuvchi» deb atadi. «Men yaqinini yo‘qotganlar va jarohat olganlar haqida o‘ylayapman», — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida va hukumat vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
Mavzuga oid

08:07 / 28.03.2025
«AQSh bilan oldingi munosabatlar tugadi» - Kanada bosh vaziri

20:54 / 26.03.2025
Reuters: AQSh bojlari yuzlab kanadalikni ishsiz qoldirdi va yana 100 minglab odamga ta’sir ko‘rsatadi

12:13 / 24.03.2025
O‘zbekiston va Kanada Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

19:10 / 20.03.2025