Jahon | 07:48 / 08.09.2022
6784
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina 606 nafar Rossiya hukumati vakiliga qarshi sanksiyalar kiritdi

Rossiya Xavfsizlik kengashining 28 a’zosi, Federatsiyalar kengashining 154 a’zosi va Davlat dumasining 424 deputatiga jazo choralari joriy etildi.

Foto: Reuters

Ukraina Rossiya federal hukumatining 606 nafar vakiliga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli qaror Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan qabul qilindi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 sentabr, chorshanba kuni kechki videomurojaatida.

Rossiya Xavfsizlik kengashining 32 a’zosidan 28 nafariga, Federatsiyalar kengashining 170 a’zosidan 154 nafariga va Davlat dumasining 450 nafar deputatidan 424 nafariga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan. Prezident Rossiyaning hukmron elitasi vakillaridan qaysi biri sanksiyalarga duchor bo‘lmagani, shuningdek, ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot bermadi.

«Ularning barchasi bu urush, xalqimizga qarshi terror uchun javobgardir. Ularning hech biri javobgarlikdan qutulib qolmaydi. Bu - vaqt masalasi», - dedi Zelenskiy. Unga ko‘ra, Ukraina Rossiya rahbariyatini javobgarlikka tortish uchun zarur huquqiy, diplomatik va siyosiy qadamlarning bir qismini allaqachon amalga oshirgan va bu yo‘nalishda harakat qilishni davom ettirish niyatida.

Mavzuga oid