Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘istonning yirik biznesmenlariga murojaat bilan chiqdi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev yirik biznes vakillarini jamiyatni tashvishga solayotgan ijtimoiy muammolarni yechishda chetda turmaslikka chaqirdi.
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Oqo‘rda qarorgohida yirik biznes vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda zamonaviy bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar, universitetlar qurish, turizmni rivojlantirishga investitsiyalar kiritish muhimligini qayd etdi.
"Biz sizlarning xayriya aksiyalaringizga umid qilyapmiz. Hozir mamlakatda maktablar, talabalar yotoqxonalari, yoshlar uchun sport obektlari yetishmayapti. Sizning yordamingiz mamlakat uchun katta ahamiyatga ega", - dedi u.
To‘qayev shuningdek, biznes uchun raqobat maydoni tekis bo‘lishini aytdi.
"Bundan buyon hech qanday imtiyozlar bo‘lmaydi. Qozog‘istonda halol biznes bilan shug‘ullanish har qanday inson uchun manfaatli va xavfsiz bo‘lishi kerak", - dedi u.
Qozog‘iston prezidentining qayd etishicha, mamlakatda iqtisodiyotni demonopolizatsiya qilish va bozorlarni ochish bo‘yicha ishlar davom etadi.
Mavzuga oid
12:39
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
22:20 / 22.05.2026
Qozog‘istonda taniqli bloger ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
13:37 / 17.05.2026