Jahon | 22:04 / 09.09.2022
9254
2 daqiqa o‘qiladi

YeI moliya vazirlari Kiyevga 5 mlrd yevro miqdorida yordam ajratilishini ma’qulladi 

Kil jahon iqtisodiyoti institutining hisob-kitobiga ko‘ra, YeIning Ukrainaga bergan gumanitar yordami miqdori 1,3 mlrd, moliyaviy yordami 11,6 mlrd, harbiy yordami 2,1 mlrd dollardan oshgan.  

Foto: Getty Images

YeI moliya vazirlari Ukrainaga makromoliyaviy yordam sifatida 5 mlrd yevro ajratishga kelishib oldi. 

«YeI vazirlari Ukrainaga kredit ko‘rinishida 5 mlrd yevro ajratishga tayyor», — deb ma’lum qildi Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Valdis Dombrovskis.

Ukrainaga 5 mlrd yevro miqdorida kredit ajratish rejasi haqida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 7 sentabr kuni xabar qilgandi.

«Ukrainadagi vaziyat bizning to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni talab qiladi. Bugun Yevropa komissiyasi mamlakatga qo‘shimcha 5 mlrd yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratishni taklif qiladi», — deb yozgandi u Twitter sahifasida. 

Ajratilgan 5 mlrd yevro may oyida e’lon qilingan makromoliyaviy yordam paketiga kiradi.  

Kil jahon iqtisodiyoti institutining hisob-kitobiga ko‘ra, YeIning Ukrainaga bergan gumanitar yordami miqdori 1,3 mlrd, moliyaviy yordami 11,6 mlrd, harbiy yordami 2,1 mlrd dollardan oshgan.

Shu bilan birga, ayrim Yevropa mamlakatlari qo‘shimcha yordam paketlari ajratgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid