Jahon | 22:25 / 10.09.2022
15759
1 daqiqa o‘qiladi

Yelizaveta II’ning dafn marosimi o‘tkaziladigan sana ma’lum qilindi

Dafn marosimi 19 sentabr kuni Vestminster abbatligida o‘tkaziladi. 

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning dafn marosimi 19 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bukinhem saroyi saytida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, qirolicha jasadi solingan tobut 11 sentabr kuni Balmoral qal’asidan Edinburg shahriga jo‘natiladi. Tobut Holirud saroyida va Muqaddas Jayls ibodatxonasida turadi.

13 sentabr kuni tobut samolyotda Londonga jo‘natiladi, marhumaning jasadi “omma hurmat bajo keltirishi uchun” to‘rt kun davomida Vestminster-hollda turadi. 

Dafn marosimi Vestminster abbatligida o‘tkaziladi. 

Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U Buyuk Britaniya taxtida 70 yil o‘tirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid