O‘zbekiston | 14:40 / 13.09.2022
8282
4 daqiqa o‘qiladi

«To‘rtinchi sanoat inqilobining ajralmas qismi» – Shermatov ShHT davlatlarida sun’iy intellektni rivojlantirish haqida

«Sun’iy intellekt – hozirgi to‘rtinchi sanoat inqilobi jarayonning ajralmas qismi, hattoki yetakchi texnologiyasi hisoblanadi. Bu borada ShHTga a’zo davlatlar - Xitoy, Rossiya va Hindiston ancha ilgarilab ketgan. Tashkilotning qolgan a’zolari, xususan O‘zbekiston ham ham sun’iy intellektni rivojlantirish sari qadam tashlamoqda», - deydi Sherzod Shermatov.

Foto: AKT vazirligi

Bugungi kunda sun’iy intellekt iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning deyarli barchasida – bank, chakana savdo, sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, sanoat, logistika va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. SI rivojlanish uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan salohiyat va imkoniyatlarga ega, ammo ayni paytda yangi muammolar va tahdidlarga ham ega.

Jahon sun’iy intellekt bozori keskin o‘sib bormoqda. Masalan, pandemiya tufayli tijoratda onlayn xaridlarni joriy qilish o‘sib bormoqda, bundan tashqari SI mijozlar bilan ishlash, omborxonalarni va ta’minot zanjirini boshqarish, aqlli tavsiyalar va chat-botlar uchun foydalanilmoqda.

O‘z navbatida ShHTga a’zo davlatlar ham sun’iy intellektni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Ulardan ba’zilari allaqachon sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyalarini qabul qilishgan.

Masalan, sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanish darajasi bo‘yicha Xitoy hozirda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi va o‘n yil ichida bu sohada so‘zsiz dunyo yetakchisiga aylanmoqchi. Xitoy Xalq Respublikasi 2030 yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha strategik davlat dasturini qabul qildi. Unda SI texnologiyalari kelgusi o‘n yil ichida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy mezoni bo‘lishi va Xitoy uchun global mehnat taqsimotida yangi bozorlarni zabt etishda afzalliklarni yaratishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu texnologiya Rossiyada ham juda tez rivojlanmoqda, jumladan mamlakatda Yandex, Sber, Mail.ru Group kabi CI sohasidagi dasturlar va tizimlarni ishlab chiqadigan yirik kompaniyalar mavjud.

Xuddi shunday, Hindiston ham AKT sohasidagi yetakchi davlatlardan biri sifatida SIdan nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy integratsiya uchun ham foydalanishga e’tibor qaratib, milliy SI strategiyasi doirasida o‘ziga xos yondashuvni amalga oshirmoqda. Ularning strategiyasi rivojlantirishga qaratilgan va hind aholisiga sifatli ish topish imkonini beruvchi, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy ta’sirni maksimal darajada oshirishi mumkin bo‘lgan SI bo‘yicha tadqiqotlar va sohalarga sarmoya kiritishga qaratilgan.

Shu bilan birga, bugungi kunda qolgan ShHTga a’zo davlatlar ham sun’iy intellektni rivojlantirish sari qadam tashlamoqda.

Sun’iy intellektni rivojlantirishning global tendensiyalarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston hukumati mamlakatimizda SIni joriy etish va rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu sohani tartibga soluvchi bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi. Masalan, mamlakatning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan hamda Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi ham ishlab chiqilgan. Davlat darajasidagi qarorlardan tashqari, bu sohada xalqaro hamkorlik har qachongidan ham muhimroq bo‘lib, dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil etuvchi ShHT umumiy manfaat, tinchlik va farovonlik yo‘lida SIdan foydalanish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi, - deydi AKT vaziri Sherzod Shermatov.

Mavzuga oid