Ötgan kuni tunda Isroil Eronga havo zarbalari amalga oşirdi. Isroilning hujumi haqida bir neça kun avval OAVda «anons xabarlar» çiqqandi, lekin bu galgi hujumni kutilmagan deyiş mumkin. Çunki bir neça oy oldin zarbalar almaşgan ikki davlat hozir öşa galgiday uruş holatida emasdi.

Xuddi «Pautina» kabi

Isroil hujumga uzoq vaqt tayyorgarlik körgan va operatsiya faqat Eron strategik obektlariga raketa uçirişdan iborat bölmagan. Isroil taşqi razvedka taşkiloti Mossad va harbiy razvedka taşkiloti AMAN raketa zarbalaridan avval Eron atrofiga juda köp miqdorda zarbdor dronlarni yaşirib çiqqan.

Bu ma’lumotlar Isroil OAVda sizdirildi. Ularda aytilişiça, isroillik harbiylar bir neça oy davomida avvaliga Erondagi zarba nişonlari – yadroviy obektlar, harbiy bazalar, raketa omborlari, şuningdek, Eron harbiy rahbariyati va yadro dasturidagi muhim odamlar yaşaydigan manzillarni örganib çiqqan. E’tibor bergan bölsangiz, hujum boşida aynan yadroçi olimlar yaşaydigan bino nişonga olindi.

Isroil maxsus xizmati vakilining FOX News'ga aytişiça, Mossad harbiy havo kuçlari rahbariyati bir xonada yiğiliş ötkazişini kutgan va yiğiliş boşlangaç binoga zarba yöllangan. «Biz ularning harakatlarini örgandik. Nima qilsak, yiğiliş ötkaziş uçun töplanişlarini bilardik», degan manba.

Sizdirilgan xabarlarga köra, Mossad Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari yaqiniga portlovçi qurollar joylaştirib çiqqan. Gap katta ehtimol zarbdor dronlar haqida ketmoqda. Ular hujumdan avval Eron mudofaa tizimlarini yöq qilgan va Isroil samolyotlari erkin zarba yöllaşi uçun yöl oçib bergan. Ba’zi dronlar transport vositalariga yaşirilgan. OAVda buni Ukrainaning «Pautina» operatsiyasiga öxşatişmoqda. Aftidan Mossaddagilar Ukrainaning öşa hujumidan juda ilhomlangan körinadi.

Şuningdek, Mossad agentlari Tehron yaqinida zarbdor dronlar bazasi yaratib, ular yordamida raketa tizimlariga zarba berişgan. Barça dronlar masofadan turib boşqarilgan.

Isroil boş vaziri Netanyahu 2024 yil noyabr oyida, Hizbulloh lideri Hasan Nasrulloh öldirilganidan keyinoq maxsus xizmatlarga Eron yadro dasturini yöq qiliş böyiça buyruq bergani, hujum aprel oyida amalga oşirilişi kerak bölganini aytdi. Mahalliy naşrlarga köra, Tramp Netanyahu bilan gaplaşib hujum qilmaslikka köndirgan va Eron bilan kelişişga harakat qilib körişini aytgan.

Amerika aralaşdimi?