Özbekiston vakili Botir Tursunov 1 yanvar kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi örinbosari vazifasini bajarişga kirişgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Botir Tursunov 50 yoşda. U Toşkent davlat şarqşunoslik instituti va Özbekiston Fanlar akademiyasi I.Möminov nomidagi Falsafa va huquq institutini tamomlagan.
2005 yildan TIV tizimida, markaziy apparat va Özbekistonning Pekindagi elçixonasida turli lavozimlarda işlagan.
Şuningdek, prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Botir Tursunov 2023 yildan Özbekistonning XXRdagi elçixonasi maslahatçi-vakili, ŞHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil sifatida işlab kelayotgandi.
U falsafa fanlari nomzodi, 25 dan ortiq ilmiy işlar muallifi hisoblanadi. Rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal biladi.












