Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan Samarqandga kelmaydi
13 sentabrga o‘tar kechasi Yerevan va Boku chegaradagi vaziyat keskinlashgani haqida xabar bergandi.
Nikol Pashinyan ShHTning 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida qatnashmaydi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.
“Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat sababli ShHTning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida qatnashmaydi”, deyiladi xabarda.
13 sentabrga o‘tar kechasi Yerevan va Boku chegaradagi vaziyat keskinlashgani haqida xabar bergandi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 105 nafar armanistonlik harbiy halok bo‘lgan.
Pashinyan Armaniston yordam so‘rab Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) murojaat qilganini bildirgan.
Avvalroq ShHTning Samarqanddagi sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Armaniston-Ozarboyjon chegarasidagi jangovar harakatlarni muhokama qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
ShHTning Samarqand sammitida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston va Armaniston yetakchilari ishtirok etishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
16:54 / 09.06.2026
«50 foizdan kam». Rossiya telekanallari Pashinyanning g‘alabasini «tan olmadi»
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
14:59 / 10.02.2026